Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks bo‘yicha jarimalar va ularning so‘mdagi miqdori.
Bazaviy hisoblash miqdori (BHM)
440 000 so‘m
2026-yil 1-sentabrdan
Tez to‘lasangiz — chegirma
Qaror topshirilgan kundan 15 kun ichida jarimaning 50 foizini yoki 30 kun ichida 70 foizini to‘lasangiz, qolgani kechiriladi. Mastlik uchun jarimalarga, bir yil ichida takroriy qoidabuzarlikka va qaror ustidan shikoyat qilinganda chegirma qo‘llanilmaydi.
To‘lash muddati — qaror chiqarilgan kundan 60 kun.
Jarima ballari
Ayrim qoidabuzarliklar uchun jarimaga qo‘shimcha 2 ballgacha yoziladi. Bir yil ichida 12 balldan oshsa, kamida 6 oyga haydovchilik huquqidan mahrum qilinadi.
Qayd etilgan tezlikdan qurilma xatoligi uchun soatiga 5 km chegirib hisoblanadi.
Tezlikni soatiga 20 km gacha oshirish
440 000 so‘m
1 BHM
15 kunda: 220 000 · 30 kunda: 308 000
Tezlikni soatiga 20 km dan ortiq, 40 km gacha oshirish
2 200 000 so‘m
5 BHM
15 kunda: 1 100 000 · 30 kunda: 1 540 000
Tezlikni soatiga 40 km dan ortiq, 60 km gacha oshirish
3 960 000 so‘m
9 BHM
15 kunda: 1 980 000 · 30 kunda: 2 772 000
Tezlikni soatiga 60 km dan ortiq oshirish
6 600 000 so‘m
15 BHM
15 kunda: 3 300 000 · 30 kunda: 4 620 000
Svetoforning taqiqlovchi signalida to‘xtash chizig‘ini bosib kirish
220 000 so‘m
0,5 BHM
15 kunda: 110 000 · 30 kunda: 154 000
Svetoforning taqiqlovchi signalida yoki tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasida o‘tib ketish
1 320 000 so‘m
3 BHM
15 kunda: 660 000 · 30 kunda: 924 000
Yo‘l belgilari yoki chiziqlar talablariga rioya qilmaslik, trotuar va yashil maydondan yurish, yuk avtomobilida chetki chap qatorda harakatlanish, tashqi yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzish, piyodalarga loyqa sachratish
440 000 so‘m
1 BHM
15 kunda: 220 000 · 30 kunda: 308 000
Yaltiroq mayoqcha va maxsus tovush signalini yoqib kelayotgan tezkor xizmat mashinasiga xalaqit berish
2 200 000 so‘m
5 BHM
15 kunda: 1 100 000 · 30 kunda: 1 540 000
Qoidani buzib qarama-qarshi harakat tomoniga chiqish yoki avariya holatini keltirib chiqarish
4 400 000 so‘m
10 BHM
15 kunda: 2 200 000 · 30 kunda: 3 080 000
Quvib o‘tish qoidalarini buzish
1 320 000 so‘m
3 BHM
15 kunda: 660 000 · 30 kunda: 924 000
Yo‘nalishli transport uchun ajratilgan tasmada harakatlanish
440 000 so‘m
1 BHM
15 kunda: 220 000 · 30 kunda: 308 000
Ajratilgan tasmada harakatlanish — bir yil ichida takroran
1 320 000 so‘m
3 BHM
15 kunda: 660 000 · 30 kunda: 924 000
Temir yo‘l kesishmasidan o‘tish qoidalarini buzish
2 200 000 so‘m
5 BHM
15 kunda: 1 100 000 · 30 kunda: 1 540 000
Xavf soluvchi yoki avariya holatini keltirib chiqaruvchi guruh bo‘lib harakatlanishda qatnashish
2 200 000 so‘m
5 BHM
15 kunda: 1 100 000 · 30 kunda: 1 540 000
Yo‘l bezoriligi: boshqa transportga qasddan to‘sqinlik qilish, drift, bo‘lakni sababsiz keskin ravishda uch va undan ortiq marta ketma-ket almashtirish
Haydovchilik huquqidan 1 yildan 2 yilgacha mahrum qilinadi
11 000 000 so‘m
25 BHM
15 kunda: 5 500 000 · 30 kunda: 7 700 000
Yo‘l bezoriligi — haydovchilik huquqi bo‘lmagan yoki undan mahrum etilgan shaxs tomonidan
Yoki 15 sutka ma’muriy qamoq
22 000 000 so‘m
50 BHM
15 kunda: 11 000 000 · 30 kunda: 15 400 000
To‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzish
880 000 so‘m
2 BHM
15 kunda: 440 000 · 30 kunda: 616 000
Xavfsizlik kamarini taqmaslik, mototsikl va mopedda — motoshlemsiz yurish
220 000 so‘m
0,5 BHM
15 kunda: 110 000 · 30 kunda: 154 000
Haydash vaqtida telefondan foydalanish (quloqchin va qo‘lsiz gaplashish uskunasidan tashqari)
1 320 000 so‘m
3 BHM
15 kunda: 660 000 · 30 kunda: 924 000
Haydash vaqtida old monitorda tele- yoki videodastur tomosha qilish
440 000 so‘m
1 BHM
15 kunda: 220 000 · 30 kunda: 308 000
Mast holda yoki giyohvandlik vositalari ta’sirida transport boshqarish
Haydovchilik huquqidan 3 yilga mahrum qilinadi
17 600 000 so‘m
40 BHM
Mast holda boshqarish — haydovchilik huquqi bo‘lmagan shaxs tomonidan
Yoki 15 sutka ma’muriy qamoq
22 000 000 so‘m
50 BHM
Mastlikni aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlash
Haydovchilik huquqidan 3 yilga mahrum qilinadi
13 200 000 so‘m
30 BHM
Tekshiruvdan bo‘yin tovlash — haydovchilik huquqi bo‘lmagan shaxs tomonidan
Yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq
22 000 000 so‘m
50 BHM
Haydovchilik guvohnomasi, texpasport, sug‘urta polisi yoki boshqa majburiy hujjatlar yonida bo‘lmasligi
Yoningizda ID-karta yoki biometrik pasport bo‘lsa, guvohnoma, texpasport va polisni olib yurish talab etilmaydi.
440 000 so‘m
1 BHM
15 kunda: 220 000 · 30 kunda: 308 000
Haydovchilik huquqi (yoki shu toifaga huquqi) bo‘lmagan holda boshqarish, yoxud rulni shunday shaxsga topshirish
2 200 000 so‘m
5 BHM
15 kunda: 1 100 000 · 30 kunda: 1 540 000
Haydovchilik huquqidan mahrum etilgan shaxsning boshqarishi
22 000 000 so‘m
50 BHM
15 kunda: 11 000 000 · 30 kunda: 15 400 000
Sug‘urta polisi shartlarini buzib boshqarish: polisga kiritilmagan haydovchi yoki polisda nazarda tutilmagan davr
220 000 so‘m
0,5 BHM
15 kunda: 110 000 · 30 kunda: 154 000
Ro‘yxatdan yoki texnik ko‘rikdan o‘tmagan, nosoz avtomobilni, yoxud o‘t o‘chirgich, aptechka, avariya belgisi, nur qaytargichli kamzul yoki oyna sindirish bolg‘achasi bo‘lmagan avtomobilni boshqarish
220 000 so‘m
0,5 BHM
15 kunda: 110 000 · 30 kunda: 154 000
Tormoz tizimi, rul boshqaruvi yoki ulovchi qurilmasi nosoz yoxud ruxsatsiz qayta jihozlangan avtomobilni boshqarish
440 000 so‘m
1 BHM
15 kunda: 220 000 · 30 kunda: 308 000
Foydalanish taqiqlangan yoki davlat raqami o‘zboshimchalik bilan yechib olingan avtomobilni boshqarish
2 200 000 so‘m
5 BHM
15 kunda: 1 100 000 · 30 kunda: 1 540 000
Boshqa transport vositasiga tegishli davlat raqami bilan boshqarish
4 400 000 so‘m
10 BHM
15 kunda: 2 200 000 · 30 kunda: 3 080 000
Ruxsatnomasiz qoraytirilgan (tonirovka) yoki ko‘zgusimon oynalar, ko‘rishni cheklovchi qoplamalar
11 000 000 so‘m
25 BHM
15 kunda: 5 500 000 · 30 kunda: 7 700 000
Ruxsatnomasiz tonirovka — bir yil ichida takroran
17 600 000 so‘m
40 BHM
15 kunda: 8 800 000 · 30 kunda: 12 320 000
Sababsiz tovush signali berish, zavod nazarda tutmagan tovush va yorituvchi qurilmalar o‘rnatish
1 320 000 so‘m
3 BHM
15 kunda: 660 000 · 30 kunda: 924 000
Ruxsatsiz maxsus tovush va yorug‘lik signallarini o‘rnatish, davlat raqamini to‘sish yoki qoplash
Qurilmalar musodara qilinadi
440 000 – 1 320 000 so‘m
1–3 BHM
15 kunda: 220 000 – 660 000 · 30 kunda: 308 000 – 924 000
Qoidabuzarlik natijasida transport yoki boshqa mol-mulkka shikast yetkazish (ancha miqdorda bo‘lmagan zarar)
Yoki haydovchilik huquqidan 6 oydan 1 yilgacha mahrum qilish
880 000 – 1 760 000 so‘m
2–4 BHM
15 kunda: 440 000 – 880 000 · 30 kunda: 616 000 – 1 232 000
Qoidabuzarlik natijasida yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda (5 BHMdan ortiq) moddiy zarar yetkazish
Yoki haydovchilik huquqidan 1 yildan 3 yilgacha mahrum qilish
2 200 000 – 3 080 000 so‘m
5–7 BHM
15 kunda: 1 100 000 – 1 540 000 · 30 kunda: 1 540 000 – 2 156 000
YTH joyidan qoidani buzib ketib qolish
6 600 000 so‘m
15 BHM
15 kunda: 3 300 000 · 30 kunda: 4 620 000
YTH joyidan ketib qolish — hodisada yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda zarar yetkazilgan bo‘lsa
Yoki haydovchilik huquqidan 3 yilga mahrum qilish yoxud 15 sutkagacha ma’muriy qamoq
13 200 000 so‘m
30 BHM
15 kunda: 6 600 000 · 30 kunda: 9 240 000
Odam tashish qoidalarini buzish
880 000 so‘m
2 BHM
15 kunda: 440 000 · 30 kunda: 616 000
Avtobus yoki mikroavtobusda ichki ishlar organlari hamrohligi shart bo‘lganda hamrohliksiz odam tashish
2 200 000 so‘m
5 BHM
15 kunda: 1 100 000 · 30 kunda: 1 540 000
Yuk tashish yoki shatakka olish qoidalarini buzish
4 400 000 so‘m
10 BHM
15 kunda: 2 200 000 · 30 kunda: 3 080 000
Ruxsatnomasiz og‘ir vaznli, yirik gabaritli yoki xavfli yuk tashish, vazn yoki o‘lcham normadan 20% dan ortiq bo‘lishi
8 800 000 so‘m
20 BHM
15 kunda: 4 400 000 · 30 kunda: 6 160 000
Xalqaro va shaharlararo tashuvlarda taxografsiz ishlash yoki haydovchining mehnat va dam olish rejimini buzish
3 080 000 so‘m
7 BHM
15 kunda: 1 540 000 · 30 kunda: 2 156 000
Piyodaning signalga bo‘ysunmasligi, yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tishi yoki qatnov qismida telefonga chalg‘ishi; velosiped, skuter va moped haydovchisining signal va belgilarga rioya qilmasligi
146 667 so‘m
1/3 BHM
15 kunda: 73 333 · 30 kunda: 102 667
Haydovchilarga xizmat ko‘rsatish uchun qatnov qismida turish, yo‘l yoqasida mol boqish
220 000 so‘m
0,5 BHM
15 kunda: 110 000 · 30 kunda: 154 000
Piyoda yoki velosipedchining qoidabuzarligi avariya holatini keltirib chiqarsa
440 000 so‘m
1 BHM
15 kunda: 220 000 · 30 kunda: 308 000
Yo‘lovchining harakatdagi avtomobildan tana qismlarini (qo‘ldan tashqari) chiqarishi
440 000 so‘m
1 BHM
15 kunda: 220 000 · 30 kunda: 308 000
Nur qaytargich va chiroqsiz velosiped, skuter yoki moped haydash, skuterda odam tashish
220 000 so‘m
0,5 BHM
15 kunda: 110 000 · 30 kunda: 154 000
Mast holda velosiped, skuter yoki moped haydab, qoidani buzish
1 320 000 so‘m
3 BHM
15 kunda: 660 000 · 30 kunda: 924 000
Velosiped, skuter yoki moped haydovchisining mastlikni tekshirishdan bo‘yin tovlashi
1 320 000 so‘m
3 BHM
Ma’lumot uchun. Miqdorlar 2026-yil 14-oktabr holatiga ko‘ra kodeksning rasmiy matni asosida hisoblangan, jazoni vakolatli organ belgilaydi. Kodeks matni — lex.uz